Live
4
O'zbek

Eldor Shomurodovning goli Turkiya chempionatining 12-turidagi eng chiroylisi deb topildi

Futbol
26 noyabr, 03:30
    10
O‘zbekistonlik hujumchining «Chorum B»ga urgan goli muxlislar so‘rovnomasida eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Eldor Shomurodovning goli Turkiya chempionatining 12-turidagi eng chiroylisi deb topildi
Foto: Getty Images
29.11.2026, 08:00 Turkiya Superligasi Eyupspor Eyupspor - : - Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar

Eldor Shomurodovning «Istanbul Bashakshehir» safida «Chorum Belediyespor» darvozasiga kiritgan goli Turkiya chempionati 12-turining eng chiroyli goli deb topildi. Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbekistonlik futbolchining goli eng ko‘p ovoz to‘plagan.

Ma’lumot uchun, Turkiya chempionatining 12-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Chorum» bilan to‘qnash keldi. Mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda istanbulliklar g‘alabani ilib ketdi. Eldor Shomurodov ushbu bahsda Superligadagi 9-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Bashakshehir» turnir jadvalida 20 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eyupspor Eyupspor
  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar