«Manchester Siti» barcha musobaqalarda ketma-ket 10 ta bahsda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Napoli» bilan 2:2 hisobidagi durang ham ushbu seriyaning davom etishiga sabab bo‘ldi.
OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti»da bunday holat oxirgi marta 2019 yil dekabrida kuzatilgan.
Ushbu seriya 14 oktyabr kuni Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi bahsdan (2:4) boshlangan. «Shaharliklar» so‘nggi bor 11 oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etganida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» Angliya chempionati turnir jadvalida 11 ta bahsdan so‘ng 22 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.