Live
5
O'zbek

Anri «Manchester Siti»dagi pasayish sababini aytdi

Futbol
25 noyabr, 09:17
Mareska jamoasi ketma-ket 4 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti.
Anri «Manchester Siti»dagi pasayish sababini aytdi
Фото: Getty Images

«Arsenal» afsonasi Terri Anri «Manchester Siti»ning hozirgi natijalari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Enso Mareska jamoasi ketma-ket 4 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti.

«Men bu haqda hali mavsum boshidayoq aytgandim: hozir jamoada muvozanat buzilgan. Ularda yuqori saviyali futbolchilar, qiyin vaziyatlarda jamoani qutqarishi va natija keltirishi mumkin bo‘lgan hujumchilar bor. Ammo jamoaviy uyg‘unlik yetishmayapti. Jamoa raqibning tezkor qarshi hujumlarini to‘xtata olmayapti. To‘p bilan ham, to‘psiz ham avvalgidek o‘yinni nazorat qila olmayapti», — deya Anrining so‘zlarini Arsenal Radar nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Premyer-liganing 11-turidan keyin «shaharliklar» 22 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasidan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar