Live
5
O'zbek

O'zil klassikodagi 0:5 hisobidan so'ng Mourinio nimalar deganini aytdi

Futbol
25 noyabr, 08:59
«Real» futbolchilari murabbiyning jahli chiqishini kutishgan, ammo hammasi aksincha bo'lgan.
O'zil klassikodagi 0:5 hisobidan so'ng Mourinio nimalar deganini aytdi
Foto: Getty Images

«Real» sobiq yarimhimoyachisi Mesut O'zil Joze Mourinioning 2010-yil noyabr oyi oxirida «Barselona»dan 0:5 hisobidagi yirik mag'lubiyatdan keyin qanday munosabat bildirganini esladi.

«Kiyinish xonasiga qaytganimizda, Mourinyo qattiq jahli chiqadi, deb o'ylagandik. Ammo u xonaga kirdi, har birimizning boshimizni silab, quyidagi so'zlarni aytdi:

«Diqqat! Men — Joze Mourinioman. Kelasi yili ularni yirik hisobda mag'lub etamiz».

Deyarli shunday ham bo'ldi»,
— deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis o'tgan yozda yana «qirollik klubi»ga qaytdi va hozirda madridliklar bilan 10 o'yinlik g'alabali seriya qayd etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar