«Atletiko» bosh direktori Migel Anxel Xil La Liga direktorlar kengashi a’zoligidan va liga vitse-prezidenti lavozimidan ketdi.
Jeykobsning yozishicha, o‘tgan hafta La Liga prezidenti Xavyer Tebas klublarga Yevropa klublari ittifoqini moliyalashtirgani va uni qo‘llab-quvvatlagani haqida ma’lum qilgan. Bu mablag‘ bir million yevrodan oshgani taxmin qilinmoqda. Ushbu xabar Ispaniya klublarining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, bir qator klublar La Liga doirasidagi huquqiy pozitsiyalarini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, La Liga Migel Anxel Xilning ketishini uning «Atletiko» aksiyalarining nazorat paketiga endi egalik qilmayotgani bilan izohlashi kutilmoqda.