Bugun
29
O'zbek

Simeone eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiylar ichida La Liga rekordini yangiladi

Futbol
23 noyabr, 00:05
Diegoning Ispaniya chempionatidagi g‘alabalari soni 345 taga yetdi.
Simeone eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiylar ichida La Liga rekordini yangiladi
Foto: L'Équipe
22.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Xetafe Xetafe 0 : 3 Atletico Madrid Atletico Madrid

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.

La Liganing 13-turida madridliklar safarda «Xetafe»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba argentinalik mutaxassis uchun Ispaniya chempionatidagi 345-g‘alaba bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Simeone La Liga doirasida bosh murabbiy sifatida jami 567 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uning jamoasi ushbu bahslarning 345 tasida g‘alaba qozongan, 123 tasida durang o‘ynagan va 99 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Shu tariqa, argentinalik mutaxassis ispaniyalik mashhur murabbiy Luis Aragonesga tegishli rekordni yangiladi. Aragones Ispaniya chempionatida 756 ta uchrashuvda bosh murabbiylik qilgan bo‘lib, ularda 344 ta g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

E’tiborlisi, Simeone sobiq rekordchidan 189 ta kam uchrashuv o‘tkazgan holda uning natijasidan o‘zib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Diego Simeone 2011-yildan buyon «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda. Madrid klubi argentinalik mutaxassisning Ispaniyadagi murabbiylik faoliyati davomida ishlagan yagona jamoasi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar