Bugun
29
O'zbek

Allegri Italiya chempionatida tarixiy rekord o‘rnatdi

Futbol
22 noyabr, 23:15
Mutaxassis A Seriyada bosh murabbiy sifatida jamg‘argan ochkolari sonini 1100 tadan oshirdi.
Allegri Italiya chempionatida tarixiy rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Italiya A seriyasi Napoli Napoli 1 : 0 Torino Torino

«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatida tarixiy natijaga erishdi.

A Seriyaning 12-turida neapolliklar o‘z maydonida «Torino»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda qo‘lga kiritilgan uch ochko italiyalik mutaxassisga murabbiylik faoliyatida muhim dovondan o‘tish imkonini berdi.

Allegri Italiya chempionatida turli klublar bosh murabbiyi sifatida jamg‘argan ochkolari sonini 1100 tadan oshirdi. Bu A Seriya tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Biroq ushbu natijani baholashda bir muhim jihatni ham hisobga olish lozim. Italiya chempionatida g‘alaba uchun uch ochko berish tizimi 1994/1995 yilgi mavsumdan boshlab joriy etilgan. Unga qadar jamoalar har bir g‘alaba uchun ikki ochkodan jamg‘arishgan.

Qayd etish lozim, «Torino» ustidan qozonilgan g‘alaba va Allegrining tarixiy natijasiga qaramay, «Napoli» hozircha Italiya chempionati turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Torino Torino
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar