Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionatining 13-turida «Xetafe» ustidan safarda qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
«Barqaror o‘yin namoyish etish muhim edi. Raqib qaysi jihatlari bilan xavf tug‘dirishini yaxshi bilardik.
Uzoq vaqt davomida g‘olib masalasiga oydinlik kirita olmadik, ammo jamoa xavfli vaziyatlar yaratishda davom etdi.
Ikkinchi bo‘limdagi 2:0 hisobi ham xavfli edi, ustunligimiz ishonchli ko‘rinmayotgandi. Biroq yakunda muhim uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladik».
Bu mavsumda La Liga doirasida safarda qo‘lga kiritilgan 6 ta g‘alaba haqida
«Safar uchrashuvlarida yaxshiroq o‘ynay boshladik. Urilayotgan gollar bizga o‘yinni xotirjam davom ettirish imkonini bermoqda. «Barselona»ga qarshi bahsda (1:2) ham 50 daqiqa davomida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik.
Bugun ham oson bo‘lmadi. Tanaffusdan keyin musobaqalarga qaytish Yevropaning barcha yetakchi klublari uchun qiyin kechganini hisobga olish kerak.
O‘z maydonimizda bizni ko‘proq muxlislar qo‘llab-quvvatlashadi, ammo safarda ham ko‘zlagan maqsadimizga erisha oldik», — dedi Simeone.