Live
11
O'zbek

Kovachich «Atletiko»ga o‘tishi mumkin

Futbol
22 noyabr, 09:54
Kovachichning transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.
Kovachich «Atletiko»ga o‘tishi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich Madridning «Atletiko» klubi e’tiborini tortdi.

Transfer News Live nashrining xabar berishicha, «matraschilar» xorvatiyalik 32 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Kovachich shartnomasi tugashiga olti oy qolganidayoq «shaharliklar» safini tark etishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Atletiko» Kovachichni anchadan buyon kuzatib kelmoqda. Shuningdek, avval «Inter», «Real» va «Chelsi»da o‘ynagan yarim himoyachi uchun «Yuventus» ham kurashga qo‘shilishi mumkin. Turinliklar ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Transfermarkt portali Kovachichning transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar