Live
11
O'zbek

Anderson «Napoli» va «Arsenal»ga qarshi bahslar oldidan fikr bildirdi

Futbol
22 noyabr, 09:51
Mareska boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida 16 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Anderson «Napoli» va «Arsenal»ga qarshi bahslar oldidan fikr bildirdi
Фото: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Napoli Napoli

«Manchester City» yarimhimoyachisi Elliot Anderson jamoasining kelasi haftada o‘tkazadigan ikki o‘yini haqida gapirdi.

Kelasi hafta «shaharliklar» Chempionlar ligasi doirasida «Napoli» bilan kuch sinashsa, keyin Angliya chempionati peshqadami «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

«Hozir Chempionlar ligasida yaxshi formadamiz va buni seshanba kuni «Napoli»ga qarshi o‘yinga ham ko‘chirishga harakat qilamiz. Biz qila oladigan eng yaxshi ish shu. U yerda uch ochko qo‘lga kiritishga umid qilaman. Keyin ortga qaytib, «Arsenal»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu juda muhim o‘yin bo‘ladi. Unda ham shunday natijaga erishishimizga umid qilaman», — deya Anderson so‘zlaridan keltiradi BBC Sport.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 11-turida «Fulhem» bilan durang o‘ynaganidan so‘ng «Manchester City»ning chempionatdagi g‘alabasiz seriyasi to‘rtta uchrashuvga yetdi.

Ayni paytda Enzo Mareska boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida 16 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Napoli Napoli
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar