Live
1
O'zbek

Jerar Martin «Barselona»ning Chempionlar ligasidagi maqsadi haqida gapirdi

Futbol
10 noyabr, 23:00
    16
Himoyachi jamoa turnirda g‘olib chiqishni istashini ta’kidladi.
Jerar Martin «Barselona»ning Chempionlar ligasidagi maqsadi haqida gapirdi
Foto: Getty Images
25.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK - : - Barselona Barselona

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin jamoaning hozirgi holati va Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, La Liganing so‘nggi turida «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alaba futbolchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishga yordam bergan.

«Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alaba juda muhim edi. Biz yaxshi o‘yin namoyish etmoqdamiz, ammo mavsum endigina boshlandi va yanada rivojlanishimiz kerak. Muhim bahslardagi ketma-ket ikki mag‘lubiyat ma’lum darajada norozilik keltirib chiqardi. Shunga qaramay, xotirjamman, chunki to‘g‘ri yo‘ldan bormoqdamiz», — dedi Martin jurnalist Ashraf Ben Ayadga bergan intervyusida.

Himoyachi Madrid klubi bilan bahsni «Barselona» yaxshi boshlamaganini tan oldi. Biroq jamoa vaziyatni o‘zgartirib, yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

«To‘g‘ri, o‘sha bahsni yomon boshladik, ammo vaziyatni to‘g‘rilab, qiyinchiliklarni yengib o‘tdik. Yakunda g‘alaba qozondik va eng muhimi ham shu», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Chempionlar ligasidagi maqsadlar haqida gapirar ekan, Martin jamoa sovrinni qo‘lga kiritishni istashini, ammo bu maqsadga ortiqcha berilib ketmasligini ta’kidladi.

«Bu maqsadga qanchalik berilib ketganmiz, bilmayman. Ammo bosqichma-bosqich harakat qilishimiz kerak. Biz buni vasvasaga aylantirmaymiz. G‘alaba qozonishni istaymiz va buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bu murakkab vazifa ekanini tushunamiz, ammo bor kuchimizni sarflaymiz», — dedi Martin.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar La Liganing so‘nggi turida «Atletiko»ni mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar