Live
1
O'zbek

«Sassuolo»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Futbol
11 noyabr, 04:15
Akvilani o‘rnini «Torino»ning sobiq ustozi egalladi.
«Sassuolo»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Foto: Getty Images

Roberto D’Aversa «Sassuolo» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Italiya klubi 51 yoshli mutaxassisning lavozimga tayinlanganini rasman e’lon qildi. U 9-noyabr kuni iste’foga chiqarilgan Alberto Akvilani o‘rnini egalladi.

D’Aversaning so‘nggi ish joyi «Torino» bo‘lgan. U shu yilning fevral oyidan iyun oyiga qadar turinliklarni boshqargan.

«Sassuolo» A Seriya turnir jadvalida 11 turdan keyin 8 ochko to‘plagan holda 17-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sassuolo Sassuolo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar