Live
1
O'zbek

«Yuventus» vingerini yo‘qotishi mumkin

Futbol
11 noyabr, 03:30
Edon Jegrova ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun qishda klubini o‘zgartirishni istamoqda.
«Yuventus» vingerini yo‘qotishi mumkin
Foto: Getty Images

«Yuventus» qanot hujumchisi Edon Jegrova qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Kosovo milliy jamoasi futbolchisi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Shu sababli u yanvar oyida boshqa klubga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Jegrova 2025 yil yozida «Yuventus» safiga qo‘shilgan va klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U ushbu mavsum A Seriyada to‘qqizta bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Jegrovaning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Kosovo milliy jamoasi safida ham to‘p tepadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar