«Yuventus» qishki transfer oynasida tarkibni uch nafar futbolchi bilan kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish maqsadida hujumchi, yarimhimoyachi va chap qanot himoyachisi transferi ustida ishlamoqda.
Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Aleksandr Syorlot («Atletiko»), Folarin Balogun («Monako») va Mateo Retegi («Al Qodisiya») nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda.
Chap qanot himoyasi uchun «Manchester Siti» futbolchisi Rayyan Ayt-Nuriy variant sifatida qayd etilgan. Yarimhimoya chizig‘ida esa «Marsel» vakili Per-Emil Xyoybyergga bo‘lgan qiziqish saqlanib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» qishki transfer oynasida uchta pozitsiyani kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasida qatnashish uchun Italiya chempionatidagi o‘rnini yaxshilashga intilmoqda.