Bugun
34
O'zbek

Spalletti: «O‘yin yana 5 daqiqa davom etganida, g‘alabani saqlab qololmasdik»

Futbol
6 noyabr, 01:10
«Yuventus» bosh murabbiyi AZga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Spalletti: «O‘yin yana 5 daqiqa davom etganida, g‘alabani saqlab qololmasdik»
Foto: Getty Images
05.11.2026 FT Yevropa ligasi AZ Alkmar AZ Alkmar 1 : 2 Yuventus Yuventus

«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan AZga (2:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mamnunman, chunki juda kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bugungi oqshomda ajoyib o‘ynadik va chiroyli futbol namoyish etdik».

O‘yinning so‘nggi daqiqalari haqida

«Yevropada barcha jamoalar o‘ziga ishonch bilan harakat qiladi va butun o‘yin davomida sur’atni pasaytirmaydi. Agar uchrashuv yana besh daqiqa davom etganida, ehtimol, g‘alabani saqlab qololmagan bo‘lardik. Uchinchi golni urishimiz kerak edi.

Boga va Ekhator? Ularda zaxiradan maydonga tushib, o‘yin borishiga ta’sir ko‘rsata oladigan sifatlar bor. Biroq biz haddan tashqari ortga chekindik va bellashuvning so‘nggi daqiqalarida yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi.

Qaysi futbolchi boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoqdi? Hech kimni alohida ajratib ko‘rsatmoqchi emasman. Jamoaning umumiy ruhiyati muhim.

Biz bir qarorni o‘z vaqtida qabul qilmaganimiz sababli to‘p o‘tkazib yubordik. Qaror qabul qilmaslik noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan ham yomon»,
— deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Janluka Di Marsio.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AZ Alkmar AZ Alkmar
  • Yuventus Yuventus
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar