«Milan» Yevropa musobaqalaridagi mavsumni faqat bir marta bu yilgidek omadsiz boshlagan.
«Rossoneri» 5 noyabr kuni o‘z maydonida Yevropa Ligasi doirasida «Ferensvarosh»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bungacha Ruben Amorim jamoasi «Benfika»ga (0:2) va «Bornmut»ga (0:3) yutqazgan, shuningdek, «Zalsburg» ustidan (4:0) g‘alaba qozongandi.
«Milan» yevrokuboklarda faqat 2021/22-yilgi mavsumda dastlabki to‘rtta uchrashuvning uchtasida mag‘lub bo‘lgan holda start olgan. O‘shanda «qizil-qoralar» Chempionlar Ligasida ishtirok etib, «Liverpul», «Atletiko» va «Portu» bilan bir guruhda dastlabki to‘rt turda atigi bir ochko jamg‘argan edi.
Ma’lumot uchun, «Milan» Yevropa Ligasida 3 ochko bilan 36 jamoa o‘rtasida 28-o‘rinni egallab turibdi.
«Milan» o‘z tarixida ikkinchi bor yevrokuboklardagi dastlabki 4 ta o‘yinning 3 tasida yutqazdi
Futbol
6 noyabr, 00:00
3
Amorim jamoasi Yevropa Ligasida 36 ta klub orasida 28-o‘rinni egallab turibdi.
Foto: Getty Images
05.11.2026
FT
Yevropa ligasi
Milan
0
:
2
Ferencvaros
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi