Live
2
O'zbek

Kassano: «Milandagi barcha vakolatlar Ibrahimovichning qo‘lida»

Futbol
3 noyabr, 11:20
Sobiq hujumchi «rossoneri» klubida shvetsiyalik forvardning roli kattaligi haqida gapirdi.
Kassano: «Milandagi barcha vakolatlar Ibrahimovichning qo‘lida»
Foto: Getty Images

Sobiq hujumchi, hozirda futbol eksperti hisoblangan Antonio Kassano «Viva el Futbol» dasturi efirida Jerri Kardinale boshqaruvidagi «Milan» klubida Zlatan Ibrahimovichning roli haqida ochiq fikr bildirdi.

Uning fikricha, hozirgi «Milan»dagi barcha qarorlarni aynan shvetsiyalik sobiq futbolchi qabul qilmoqda.

«Jamoa boshqaruvida turgan inson bor. U, shubhasiz, e’tibor markazida bo‘lishni istamaydi va omma oldida deyarli ko‘rinmaydi, chunki bu unga mutlaqo qiziq emas.

Unutmaslik kerakki, Kardinale joyida bo‘lmagan paytda barcha ishni Ibrahimovich boshqaradi. Qarorlarni aynan u qabul qiladi, barcha vakolatlar unda va u hamma narsani nazorat qiladi.

Bosh murabbiy masalasiga kelsak, uni kim tanlaydi? Albatta, Ibrahimovich»,
— deya Kassanonig so‘zlarini keltirmoqda Pianeta Milan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Milan» «Jenoa»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar