Live
2
O'zbek

Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasini tark etishi mumkin — Romano

Futbol
3 noyabr, 10:45
    73
Osiyo kubogining qoldirilishi sababli bunday ehtimol ko‘rib chiqilmoqda.
Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasini tark etishi mumkin — Romano
Foto: UFA

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishga qaror qilishi mumkin.

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 2027-yil yanvarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Osiyo kubogining bir yilga qoldirilishi munosabati bilan bunday ehtimol ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassisning O‘zbekiston milliy jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil oktabrigacha mo‘ljallangan. U 2025-yil oktabr oyida «oq bo‘rilar» boshqaruviga kelgandi.

O‘zbekiston Kannavaro qo‘l ostida o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida qatnashdi va Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) hamda Kongo DRga (1:3) qarshi o‘tkazilgan 3 ta o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

73 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar