Live
2
O'zbek

Flik: «Barselona» «Real» va «PSJ» bilan bir xil saviyada o‘ynamoqda»

Futbol
3 noyabr, 10:30
Nemis mutaxassisi so‘nggi mag‘lubiyatlarga qaramay, jamoasining darajasiga yuqori baho berdi.
Flik: «Barselona» «Real» va «PSJ» bilan bir xil saviyada o‘ynamoqda»
Foto: Getty Images
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Barselona Barselona - : - Aston Villa Aston Villa

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining «PSJ» va Madridning «Real» klubiga qarshi so‘nggi mag‘lubiyatlari haqida fikr bildirdi.

«Biz boshqacha natijalarga erishishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, jamoamiz «PSJ» va «Real» bilan bir xil saviyada o‘ynamoqda, deb hisoblayman. Ammo ortga qarashning hojati yo‘q. Hozir «Aston Villa» bilan bahs haqida o‘ylayapmiz, undan keyin esa «Atletiko»ga qarshi o‘ynaymiz.

Maqsadimiz — Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin ham hech narsa o‘zgargani yo‘q», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — «Aston Villa» bahsi 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar