«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi 4-turi oldidan «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘zi haqidagi iliq fikrlariga munosabat bildirdi.
Argentinalik mutaxassis angliyalik futbolchini boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan va «Oltin to‘p» mukofotiga munosib futbolchi sifatida ta’riflagan. Keyn esa bunday e’tirofni yuqori baholashini ta’kidladi.
«U zamonaviy futbolning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Undan bunday maqtovni eshitish men uchun katta sharaf. «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganimdan keyin bunga munosabat juda yorqin bo‘ldi. Mening yo‘lim, ehtimol, ushbu mukofotni olgan boshqa futbolchilarnikidan farq qilgandir. Faoliyatim davomida juda og‘ir pallalar ham bo‘lgan.
Ammo maqsadga intilish va tinimsiz mehnat tufayli bugungi darajamga erishdim. Simeone meni ham, butun jamoamizni ham to‘xtatish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Bizni og‘ir bellashuv kutmoqda. Shunga qaramay, uning iliq so‘zlarini juda qadrlayman», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi AS.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida 3 noyabr kuni Madridda o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, bahs Toshkent vaqti bilan 4 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.