Live
2
O'zbek

Kerrik: «Qiyin damlarda ham qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarni xursand qilishimiz kerak»

Futbol
3 noyabr, 09:45
«MYU» bosh murabbiyi «Roma» bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Kerrik: «Qiyin damlarda ham qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarni xursand qilishimiz kerak»
Foto: Getty Images
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Roma Roma

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoani muxlislarni xursand qilishga chaqirdi.

Bugun, 3 noyabr kuni mankunianliklar Chempionlar ligasining 4-turida «Roma»ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 9 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti.

«Shunday kechalar bo‘ladiki, ular o‘ziga xos his-tuyg‘ularga boy bo‘ladi. O‘yin boshlanishidan avvaloq hayajon va bosim kuchayadi. Buni uchrashuv oldidan, qizish mashqlari vaqtida va hushtak chalinishi bilanoq his qilasiz. Bu tuyg‘u butun o‘yin davomida sizni tark etmaydi. Bizga ham shunday muhit kerak.

O‘zimizni ko‘rsatishimiz va muxlislarga quvonishlari uchun sabab berishimiz kerak. Ular «Chelsi»ga (0:2) qarshi o‘yinda shunchaki ajoyib muxlislik qilishdi. Biz o‘n kishi bo‘lib qolganimizga qaramay, ikkinchi bo‘lim davomida to‘xtamasdan qo‘shiq kuylab, jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etishdi. Bu haqiqiy muxlislarga xos fazilatdir.

Klub ular uchun nimani anglatishi aynan shunday holatlarda namoyon bo‘ladi. Qiyin paytlarda haqiqiy sinovdan o‘tiladi. Muxlislarimizning sabr-toqat ko‘rsatib, bizga ishonch bildirgani juda muhim.

Biz ham ularga xuddi shunday javob berishimiz kerak. Buni esa bugungi o‘yindan boshlaymiz
», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi «MYU» rasmiy sahifasi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar