UFC sobiq jangchisi Kolbi Kovington Islom Maxachev bilan kurash tushmoqchi.
«Men Islom bilan kurash tushish imkoniyatidan mamnuniyat bilan foydalangan bo‘lardim. U — ajoyib kurashchi. Ha, sambo erkin kurashdan biroz farq qiladi, ammo u bu yo‘nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Bu AQSh va Rossiya o‘rtasidagi katta qarama-qarshilik bo‘lardi.
Biz «Rokki» filmidagi Rokki va Drago o‘rtasidagi raqobatni qayta jonlantirishimiz mumkin. Menimcha, bu ajoyib syujet bo‘lardi. RAF aynan shunday qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan. Erik Bishoff bunday voqealarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tashkil eta oladi. Shuning uchun RAF turnirida Islom bilan bo‘ladigan bellashuvim ulkan voqeaga aylangan bo‘lardi», — deya Kovingtonning so‘zlarini keltiradi Submission Radio.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan RAF turnirida Kolbi Kovington Hamzat Chimayevga qarshi kurash tushadi.
Kovington: «Maxachev bilan kurashimiz AQSh va Rossiya o‘rtasidagi katta qarama-qarshilik bo‘lardi»
MMA
3 noyabr, 10:10
UFC sobiq jangchisi rossiyalik chempion bilan kurash tushmoqchi.
Foto: Getty Images