Live
2
O'zbek

«Yuventus» Ebnutalibni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
3 noyabr, 11:27
Yosh hujumchining Frankfurt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
«Yuventus» Ebnutalibni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Ayntraxt» hujumchisi Yunes Ebnutalib faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi Germaniyaning 23 yoshli futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer qiymati 18 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ebnutalib sentyabr oyida Germaniya milliy jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan edi. U bu mavsumda Bundesliga doirasida «Ayntraxt» safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yosh hujumchining Frankfurt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha bir nechta forvardlarni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar