Live
5
O'zbek

Allegri Spallettini 8 yildan beri mag‘lub eta olmayapti

Futbol
2 noyabr, 10:00
So‘nggi 7 to‘qnashuvda Luciano yutqazmadi.
Allegri Spallettini 8 yildan beri mag‘lub eta olmayapti
Foto: Getty Images
01.11.2026 FT Italiya A seriyasi Yuventus Yuventus 2 : 0 Napoli Napoli

“Yuventus” Italiya chempionati 10-turi doirasidagi bahsda “Napoli”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Bu bahs Luciano Spalletti va Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoalar o‘rtasidagi 17-o‘yin bo‘ldi. O‘zaro bahslarda Spalletti 7 marta g‘alaba qozongan, Allegri hisobida esa 5 ta yutuq bor. Yana 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

Ta’kidlash kerakki, Allegri qariyb 8 yildan buyon Spalletti boshqaruvidagi jamoani mag‘lub eta olmayapti. Uning so‘nggi g‘alabasi 2018 yil dekabr oyida qayd etilgan. O‘shanda Maks boshqaruvidagi «Yuventus» Spalletti ustozlik qilgan «Inter»dan ustun kelgandi.

Shundan buyon ikki murabbiy jamoalari bugungi so‘nggi bahsni ham qo‘shib hisoblaganda, 7 marta o‘zaro maydonga tushishgan. Ularning 4 tasida Spalletti shogirdlari g‘alaba qozongan, yana 3 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar