Live
15
O'zbek

«Napoli» bilan bahs Spaletti uchun «Yuventus»dagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin

Futbol
1 noyabr, 07:40
Insayder Janluka Bendoni turinliklar rahbariyati murabbiyga o‘rinbosar izlayotgani haqida xabar berdi.
«Napoli» bilan bahs Spaletti uchun «Yuventus»dagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images
01.11.2026, 14:45 Italiya A seriyasi Yuventus Yuventus - : - Napoli Napoli

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalettining kelajagi so‘roq ostida. Italiyalik insayder Janluka Bendoni «Napoli»ga qarshi bahs mutaxassis uchun Turin klubidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Napoli» bilan bahs Spaletti uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Rahbariyat allaqachon unga o‘rinbosar izlamoqda. Nagelsmann va Desham variantlari muhokama qilinmoqda. Jamoaning o‘zida ham norozilik bor. Spaletti hozircha barchani birlashtira olmayapti», — dedi jurnalist.

Ma’lumot uchun, insayder tilga olgan nomzodlar orasida Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hamda Fransiya milliy jamoasi ustozi Dide Desham bor.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning 10-turi doirasidagi «Yuventus» — «Napoli» bahsi 1-noyabr kuni Turinda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar