Live
19
O'zbek

A Seriya. «Komo» «Venetsiya»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
1 noyabr, 08:35
    2
Lukas da Kunyaning penaltidan urgan goli mezbonlarga uch ochko taqdim etdi.
A Seriya. «Komo» «Venetsiya»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images
01.11.2026 FT Italiya A seriyasi Komo Komo 1 : 0 Venezia Venezia

Italiya chempionatining 10-turida «Komo» o‘z maydonida «Venetsiya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol 43-daqiqada Lukas da Kunyaning penaltidan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga kiritildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Komo» ochkolarini 23 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Venetsiya» esa 3 ochko bilan so‘nggi — 20-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 10-tur
Komo — Venetsiya 1:0
Gol:
Da Kunya 43 (pen.).
Ogohlantirishlar: Zom 39, 62, Jezus 41, Eno 62, Helgason 78.

Komo: Butes, Ramon, Kouto (Smolchich, 82), Kempf, Kayki, Da Kunya (Kakere, 73), Richchi (Perrone, 74), Pas (Liberali, 73), Baturina (Valle, 84), Millya, Duvikas.
Venetsiya: Stankovich, Jezus, Moreno, Xalxal, Eno (Sagrado, 62), Buzio (Peres, 55), Zom (Basic, 62), Helgason (Rahmani, 78), Makkokki, Adams, Lauberbax (Yeboah, 55).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Venezia Venezia
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar