Live
19
O'zbek

«Real» Ramonni «Komo»dan qaytarib sotib olishga qaror qildi

Futbol
29 oktabr, 14:46
Transfer amalga oshirilgach, himoyachining kelajagi muhokama qilinadi.
«Real» Ramonni «Komo»dan qaytarib sotib olishga qaror qildi
Foto: Getty Images

«Real» Xakobo Ramonni qaytarishga qaror qildi

Ispaniyalik himoyachi 2025-yil iyul oyida Madrid klubidan «Komo»ga 2,5 million yevro evaziga o‘tgandi. «Qirollik klubi»da futbolchini 8 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqi mavjud.

«Real» ushbu imkoniyatdan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto DAZN efirida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, transfer amalga oshirilganidan so‘ng tomonlar Ramonning kelajagi masalasini muhokama qilishadi. 21 yoshli himoyachi Madrid klubida qolishi yoki Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Unga bir nechta ingliz klublari qiziqish bildirmoqda.

Xakobo bu mavsumda Italiya chempionatida 9 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar