«Komо» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga APLning bir nechta vakili qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Chelsi» alohida ajralib turibdi.
Biroq London klubi himoyachini sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Manbaga ko‘ra, Italiyaning «Komо» klubi 50 million yevrodan kam taklifni qabul qilishi dargumon.
Ma’lumot uchun, Xakobo Ramon 2025-yil yozidan buyon «Komо» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.