Live
1
O'zbek

«Tottenhem» Keynning «Oltin to‘p» mukofotidan daromad olmaydi

Futbol
29 oktabr, 10:50
Hujumchining «Bavariya»ga transfer shartnomasida ushbu sovrin uchun bonus ko‘zda tutilmagan.
«Tottenhem» Keynning «Oltin to‘p» mukofotidan daromad olmaydi
Foto: Getty Images

Harri Keyn 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritdi, biroq uning sobiq klubi «Tottenhem» bundan qo‘shimcha daromad olmaydi. Odatda yirik transferlar shartnomasiga futbolchi ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda to‘lanadigan bonus kiritilishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Keynning «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvda bunday band bo‘lmagan. Shartnomada boshqa bonuslar nazarda tutilgan, ammo ular «Oltin to‘p» bilan bog‘liq emas.

Keyn Myunxen klubidagi faoliyati davomida samarali o‘yin namoyish etmoqda. U «Bavariya» safida 159 ta bahsda qatnashib, 156 ta gol urgan va jamoadoshlariga 40 ta golli uzatma bergan.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» Germaniya kubogining chorshanba kungi bahsida «Magdeburg»ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Keyn ushbu o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz hujumchisi «Bavariya» safida 2023-yildan buyon to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Tottenhem Tottenhem
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar