«Barselona» «Tottenhem»ning qanot himoyachisi Pedro Porroni qishki transfer oynasida sotib olishga urinmasligi mumkin. Esport3 nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi prezidenti Joan Laporta ispaniyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi, biroq jamoaning qishki transfer rejalarida boshqa ustuvor vazifa bor.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yanvar oyida markaziy himoyachi xarid qilishga e’tibor qaratmoqchi. Shu sababli Porroning transferi keyingi muddatga qoldirilishi kutilmoqda.
27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Pedro Porroning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Himoyachi «Tottenhem» safida o‘ynamoqda.