Live
3
O'zbek

«Liverpul» «Galatasaroy»dan Batrakovni kuzatish uchun alohida loja so‘radi

Futbol
29 oktabr, 08:00
Angliya klubi skautlari 21 yoshli rossiyalik yarimhimoyachining o‘yinini Chempionlar ligasi bahsida kuzatmoqchi.
«Liverpul» «Galatasaroy»dan Batrakovni kuzatish uchun alohida loja so‘radi
Foto: Getty Images
03.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray - : - Shtutgart Shtutgart

«Liverpul» skautlari «Galatasaroy»dan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi «Shtutgart»ga qarshi bahs uchun alohida loja ajratishni so‘radi. Bu orqali ingliz klubi Istanbul jamoasida to‘p tepayotgan rossiyalik yarimhimoyachi Aleksey Batrakovning o‘yinini kuzatmoqchi. Bu haqda Turkiyaning Sözcü nashri xabar berdi.

«Galatasaroy» va «Shtutgart» o‘rtasidagi bahs 4-noyabr kuni Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Arsenal», «Tottenhem», «Brayton», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Manchester Siti», «PSJ» va «Monako» bor.

Ma’lumot uchun, Batrakov yozgi transfer oynasida «Galatasaroy» safiga qo‘shilgan. U bungacha Moskvaning «Lokomotiv» klubida o‘ynagan va ushbu jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» — «Shtutgart» bahsi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Shtutgart Shtutgart
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar