«Bavariya» klubi yarimhimoyachi Luis Diasning Chempionlar ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi bahsda olgan jarohati haqida rasmiy ma’lumot berdi. Myunxenliklar tibbiy tekshiruv natijasida futbolchining chap soni orqa qismidagi mushak tolalarida kichik yirtilish aniqlanganini bildirdi.
29 yoshli kolumbiyalik futbolchining maydonga qachon qaytishi hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Dias «Arsenal»ga qarshi bahsda ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushgan, biroq o‘yinni oxirigacha davom ettira olmagan. U 90-daqiqada jarohati sabab zaxiraga olingan.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi bahsi 2:2 hisobida yakunlangan.