Manuel Noyer Chempionlar ligasida o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi.
40 yoshli darvozabon turnir umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi bahsda «Bavariya»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Bu uchrashuv nemis futbolchisi uchun YChLdagi 163-o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa, Noyer Chempionlar ligasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Lionel Messi va Tomas Myuller bilan tenglashdi. Ushbu musobaqada faqat Iker Kasilyas (177 ta) va Krishtianu Ronaldu (183 ta) undan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.
Bundan tashqari, Manuel nemis futbolchilari orasida Tomas Myullerning rekordini takrorladi.
Noyer YChLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha Messi va Myullerga tenglashdi
Futbol
21 oktabr, 16:11
2
Oldinda faqat ikki futbolchi qolmoqda.
Foto: Getty Images
03.11.2026, 15:00
Chempionlar ligasi
Atletico Madrid
-
:
-
Bavariya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi