Bugun
38
O'zbek

Tebas: «Oltin to‘p»ni yana Rodri olishini istayman, ammo Mbappega ham qarshiligim yo‘q»

Futbol
21 oktabr, 16:34
La Liga prezidenti «Real» hujumchisining sovrinni yutish imkoniyatlarini baholadi.
Tebas: «Oltin to‘p»ni yana Rodri olishini istayman, ammo Mbappega ham qarshiligim yo‘q»
Foto: Getty Images

La Liga prezidenti Xavier Tebas «Real» hujumchisi Kilian Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.

France Football talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

— La Liga va «Real» yulduzi haqida gaplashaylik. Kilian Mbappe liga imiji nuqtayi nazaridan qanday hissa qo‘shdi?

— Mbappe — dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U — jahon miqyosidagi yulduz, fenomenal futbolchi. U o‘z jamoasi va butun liganing rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.

— Uning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini istarmidingiz?

— Rodri o‘z yutug‘ini takrorlashini istardim, ammo «Oltin to‘p»ni Mbappe qo‘lga kiritsa ham, bunga qarshi bo‘lmayman. Imkoniyatlar juda teng. Agar Mbappe g‘olib bo‘lsa, hayron qolmayman. Menimcha, bu mukofot unga munosib ravishda berilgan bo‘ladi, — deya Tebasning so‘zlarini keltiradi LʼEquipe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar