«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoadagilar Kilian Mbappe haqidagi memlardan kulishlarini tan oldi.
2026-yil yozida Fransiya milliy jamoasi hujumchisi diktator qiyofasida tasvirlangan suratlar va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqaldi. Shuningdek, internetda ushbu memlarga bag‘ishlangan hazilomuz qo‘shiq ham ommalashdi.
«Ha, biz bunga kulamiz. Ba’zan kiyinish xonasida o‘sha qo‘shiqni ham kuylaymiz. Menimcha, uning o‘ziga ham bu kulgili tuyuladi», — dedi Kurtua DAZN Belgium nashriga bergan intervyusida.
Kurtua: «Mbappe diktator sifatida tasvirlangan memlar «Real»dagilarni ham kuldiradi»
Futbol
21 oktabr, 17:47
Madrid klubi posboni Kilian haqida diktatorligi to‘g‘risida qo‘shiq kuylashlarini ham aytdi.
Foto: Getty Images