«Real» darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan «El Klassiko» oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Jamoalar Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Kamp Nou» stadionida to‘qnash kelishadi. «Barselona» o‘tkazilgan 9 ta bahsning barchasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 6 ochko kam jamg‘argan.
«Menimcha, biz tayyormiz. Bu har doim o‘ziga xos o‘yin hisoblanadi. Avvallari «El Klassiko»da jamoalardan biri ikkinchisidan yaxshiroq formada bo‘lgan paytlarda ham maydonga tushganman, ammo o‘yin baribir teng kurashlar ostida kechgan. Bunday bahslarda imkoniyatlar doimo 50 ga 50 bo‘ladi. «Real» hech qachon «El Klassiko»ga autsayder maqomida bormasligi kerak.
Ilgari bu o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilardim. Hali «Atletiko»da o‘ynayotgan paytimda, «El Klassiko» bo‘lib o‘tadigan dam olish kunlari safarga yo‘l olsak, butun jamoa bo‘lib o‘yin natijasini taxmin qilardik. Hatto «Chelsi»da o‘ynagan kezlarimda ham televizor orqali ko‘rishni istaydigan uchrashuvlar aynan shunday bahslar edi.
Bunday o‘yinlarni intiqik bilan kutasan, chunki ular har doim ajoyib tarzda kechadi. So‘nggi ikki mavsumda bizda ko‘tarilishlardan ko‘ra pasayishlar ko‘proq bo‘ldi. Yorqin lahzalar ham, unchalik omadli bo‘lmagan paytlar ham kuzatildi. Umid qilamanki, bu yil vaziyatni o‘zgartirishga erishamiz. Yakshanba kuni g‘alaba qozonishimiz shart.
Ma’lum bir davrda «El Klassiko»ga yulduz futbolchilar yetishmayotgandek tuyulardi. Hozir esa bizning safimizda Mbappe, Vinisius va Bellinghem bor. «Barselona»da esa Rafinya hamda Yamal o‘ynamoqda. Lamin — ajoyib futbolchi, u maydonda juda katta ishlarni amalga oshirmoqda.
«El Klassiko» har doim keskin kurashlarga boy, prinsipial raqobatdir. So‘nggi yillarda ayrim uchrashuvlarda ular bizga ancha qiyinchilik tug‘dirishdi. Hozir biz uchun bunga munosib javob qaytarish muhim.
«Barselona» ayni paytda juda chiroyli futbol namoyish etmoqda va ajoyib formada. Bizning ham o‘yinimiz tobora kuchayib borayotgani va hozir eng yaxshi holatga kelganimiz yaxshi», — deya belgiyalik posbonning so‘zlarini keltiradi DAZN.
Kurtua: «Barsa»ni yutishimiz kerak. «Real» klassikoga autsayder sifatida bormaydi»
Futbol
21 oktabr, 13:06
3
Madrid klubi posboni bo‘lajak klassiko oldidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00
Ispaniya La Ligasi
Barselona
-
:
-
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi