Live
1
O'zbek

«Barselona» va «Atletiko» Martines uchun asosiy da’vogar

Futbol
21 oktabr, 09:24
Martines 2027-yilning yozida «qizil iblislar»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
«Barselona» va «Atletiko» Martines uchun asosiy da’vogar
Фото: Getty Images

«Barselona» va «Atletiko» jamoalari «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martinesni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, La Liga klublari 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Martines 2027-yilning yozida «qizil iblislar»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lisandro 2022-yil yozida «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga transfer qilingan. Argentina milliy jamoasi safida 2022-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan himoyachining transfer bozoridagi qiymati Transfermarkt portali tomonidan 45 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar