Bugun
38
O'zbek

Rodri «Real»ni emas, «Barselona»ni tanlaganining sababi ma’lum

Futbol
21 oktabr, 08:46
    20
Yozgi transfer oynasi davrida yarimhimoyachi Madrid klubi safiga o‘tishi mumkin edi.
Rodri «Real»ni emas, «Barselona»ni tanlaganining sababi ma’lum
Foto: Gettyimages

Yozgi transferlar oynasi vaqtida ispaniyalik yarimhimoyachi Rodri Ernandes «Manchester Siti» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, biroq yakunda «Barselona» bilan shartnoma imzoladi.

Diario SPORT nashri xabariga ko‘ra, Rodri Madridning «Real» klubi bilan kelishib olgan, ammo so‘nggi pallada «qaymoqranglilar» bitimning moliyaviy masalalarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan, bu esa futbolchining hafsalasini pir qilgan. Bu ma’lumotdan xabar topgan «Barselona» darhol Rodri bilan aloqaga chiqqan. Natijada, tomonlar barcha detallarni kelishib olib, keyinroq zarur hujjatlarni imzolagan. Ta’kidlanishicha, «ko‘k-anorranglilar» ustozi Xans-Diter Flik uzoq o‘ylab o‘tirmay, bu transferga rozilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rodri Ernandes «Barselona» safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar