Live
1
O'zbek

Rafinya: «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat «Real»ga qarshi o‘yinga ta’sir qilmaydi»

Futbol
21 oktabr, 06:53
    19
Braziliyalik futbolchi Parijdagi mag‘lubiyat va keyingi bahs borasida fikr bildirdi.
Rafinya: «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat «Real»ga qarshi o‘yinga ta’sir qilmaydi»
Фото: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» hujumchisi Rafinya Chempionlar ligasi 3-turida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

«Albatta, biz bunday holat yuz berishi mumkinligini bilardik. Chempionlar ligasining ikki karra g‘olibi maydonida o‘ynadik. Bu juda kuchli jamoa. Albatta, biz g‘alaba bilan yoki hech bo‘lmaganda bir ochko bilan qaytishni istagandik, ammo hechqisi yo‘q. Qachondir bunday mag‘lubiyat sodir bo‘lishini bilardik. To‘g‘ri, uch ochko yo‘qotdik. Lekin bundan tushkunlikka tushmasligimiz kerak. O‘yinimizni yaxshilashimiz va «El Klasiko»ga yaxshi holatda borishimiz kerak. Har ikki jamoa ham to‘pga egalik qilishni xohlaydi. Menimcha, bu yaxshi sinov bo‘ldi va bunday raqiblar bilan tengma-teng kurasha olishimizni ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘ynadik.

Bu mag‘lubiyat «Real»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarligimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», — deya Rafinyaning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar