Live
10
O'zbek

Islom To‘xtaxo‘jaev: «Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi»

Eksklyuziv
21 oktabr, 05:30
To‘xtaxo‘jaev esa mazkur o‘yin bo‘yicha ayrim savollarga javob berdi.
Islom To‘xtaxo‘jaev: «Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi»
Фото: Андижон ПФК
20.10.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 2 Andijon Andijon

Zominda bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» va «Andijon» o‘rtasidagi o‘yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli kechdi. O‘rtaga yarim final chiptasi tikilgan bahs bo‘lgani uchun ham jamoalar o‘yinni yuqori darajada o‘tkazdilar.

«Andijon» esa o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana oldi va yakunda muhim g‘alabani qo‘lga kiritib yarim finalga yo‘l oldi.

Uchrashuvni faol o‘tkazgan Islom To‘xtaxo‘jaev esa mazkur o‘yin bo‘yicha ayrim savollarga javob berdi.

- «Andijon» Zominda juda muhim o‘yinda g‘alaba qozondi. Bu borada fikringiz qanday?

- Kubok doirasida o‘ziga yarasha qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. «So‘g‘diyona» jamoasi ham yaxshi harakat qildi. Jamoamiz qiyin vaziyatda edi. Chunki ketma-ket mag‘lubiyatlar evaziga ruhiy tomondan qiyin edi. Lekin futbolchilar jonini berib, ko‘zi yonib o‘ynashdi. Anchadan beri ko‘zi yonib o‘ynamayotgandik. Xudoga shukr, futbolchilarimizga o‘ziga bo‘lgan ishonch qaytdi. O‘yin ham juda qiziqarli bo‘ldi, muxlislarga yoqadigan o‘tdi.

- Birinchi gol avtogol tufayli hisob ochildi. O‘sha vaziyatda siz jarima maydoni ichida faol harakat qildingiz va gol urilishiga hissa qo‘shdingiz. O‘sha vaziyatga qanday fikr bildirasiz?

- Birinchi navbatda Humoyunmirzo Iminovning uzatmasini e’tirof etish kerak. Raqib o‘yinchisi meni ushlayman deb to‘pga qaramay qoldi. Natijada to‘p unga tegib darvozaga kirib ketdi. Bunaqa holat futbolda bo‘lib turadi. Omadimiz kulib boqdi. Iminovni pasini maqtasa bo‘ladi.

- 0:2 dan keyin o‘yin oxiridagi harorat yanada «qaynadi». Mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishgach, muxlislarda xuddi Buxorodagi ssenariy takrorlanishidan xavotirga tushdilar. Uchrashuv oxirlarida nimalarni o‘yladingiz?

- Bu futbol. Raqib jamoa yutqazayotganda oxirgi kuchini oldinga tashladi. Jarima maydoni ichida yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Buxoroda 2:0 ga yutayotib, oxirida biroz bo‘shashgandik. Bu safar orqada beshta himoyachi bo‘lib yanada yaxshiroq o‘ynadik. Oxirida kurashlar bo‘ldi, omadimiz keldi.

- «Andijon» yarim finalda «Lokomotiv» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu siz uchun ham o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki ilgari «Lokomotiv»da ham faoliyat olib borgansiz. Yarim finalda sobiq klubingiz duch kelishini kutganmidingiz?

- «Neftchi» ham, «Lokomotiv» ham sobiq jamoalarim. «Lokomotiv»da ham do‘stlarim ko‘p. Buni kutgandim desam bo‘ladi. Baribir u yerda chempionlik xarakteriga ega futbolchilar ko‘p. Futbolda xarakter ko‘p narsani hal qiladi. Ularga qarshi uchrashuv qiyin va qiziqarli bo‘ladi. Ungacha bizda ham jarohatdagi o‘yinchilar tarkibga qaytadi va to‘liq tarkibda bo‘lamiz. Juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Andijon Andijon
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar