Bugun
47
O'zbek

Islom Ahmedov: «Futbolchilar boshqacha «nastroy» bilan maydonga tushishdi»

Futbol
20 oktabr, 16:52
Ahmedov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Islom Ahmedov: «Futbolchilar boshqacha «nastroy» bilan maydonga tushishdi»
Фото: Андижон ПФК
20.10.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi ОКМК ОКМК 2 : 0 Gulistan Gulistan

«Andijon» klubi O‘zbekiston Kubogi chorak finalida Zominda «So‘g‘diyona» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida g‘olib jamoa bosh murabbiyi Islom Ahmedov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- G‘alaba bilan Andijon xalqimizni va qolaversa, bu yerga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizni tabriklayman hamda ularga kattakon rahmat aytamiz. O‘yinga keladigan bo‘lsak, og‘ir kechishini bilgandik. Sababi, futbolchilarimizda biroz ruhiy tushkunlik bor edi. Oxirgi uchrashuvlarda omad yetishmayotgandi. Xudoga shukr, bu safar yoqimsiz an’anaga chek qo‘yib, g‘alabaga erishdik. Futbolchilarimiz o‘yinni yaxshi nazorat qilishdi. Yakunda g‘alabaga erishdik.

- «Andijon» chempionatdagi oxirgi uchta turda mag‘lubiyatga uchragandi va chorak final oldidan ularni ruhiy tomondan tiklash, motivatsiya berib uyg‘otish murabbiy sifatida sizga qo‘shimcha muammolar tug‘dirmadimi?

- Ochig‘i, futbolchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini qaytarish qiyin bo‘ldi. Biroq boshida aytganmiz, natija uchun biz javobgarmiz. Hammasini o‘z bo‘ynimizga olib, falsafamizdan chetga chiqmagan holda to‘pni nazorat qilib, hujumlar uyushtirish borasida ularga uqtirdik. Qanaqa natija bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z o‘yinimizdan chetga chiqmaymiz. Faqat oxiriga kelganda muvozanatni yo‘qotmaslik borasida yetarlicha tushunchalar bergandik. Xudoga shukr, yigitlar yaxshi harakat qilib, maydonda oxirigacha kurashishdi. Bugun boshqacha «nastroy» bilan maydonga tushishdi.

- Martin Boake faol o‘ynadi. U gol urdi, afsuski, oxirida qizil kartochka ham oldi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Buni hakam baholaydi. Bosh hakam shunday qaror qabul qildi, ularning ishiga aralasha olmaymiz.

- Mahmud Mahamadjonovni transferidan keyin chap qanotda muammolar ko‘zga tashlanayotgandek tuyuldi. Bu muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha yechimlar bormi?

- Rosti, chempionat o‘rtasida Mahamadjonov ketib qoldi. Shu bois biz o‘yinchi ololmadik. Himoyachi olishga harakat qildik, lekin qo‘lga kirita olmadik. Aynan chap qanot himoyachisi yo‘q. Iloji yo‘qligidan u pozitsiyada o‘ng oyoqda o‘ynaydigan o‘yinchilarimizni o‘ynatyapmiz. Qo‘ldan kelganicha o‘zimizdagi bor futbolchilardan yechim topishga harakat qilyapmiz», - deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Gulistan Gulistan
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar