Dunyoning 25-raketkasi, rossiyalik tennischi Karen Xachanov Qozog‘iston mezbonligida o‘tayotgan ATP-250 turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqaning dastlabki davrasida Karen yaponiyalik Rei Sakamotoni (reytingda 124-o‘rin) 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Xachanov 1 soat 15 daqiqa davom etgan bellashuv mobaynida 9 ta eys amalga oshirdi, biror marta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi va 10 tadan 3 ta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Rei Sakamoto esa 5 ta eys, 3 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va birorta ham breyk-poyntga ega bo‘lmadi.
Musobaqa chorakfinali uchun bellashuvda Karen Xachanov Zangar Nurlanuli — Tomash Maxach juftligi g‘olibi bilan ro‘baro‘ keladi.