Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida ikkita uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.
Bokuda «Sabah» «Borussiya D»ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Maydon egalari safida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.
Istanbulda esa «Fenerbahche» «Slaviya»ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi va chexiyaliklar bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.
Chempionlar Ligasi. 3-tur
Sabah — Borussiya D 1:2
Gollar: Makkarti 39 — Girassi 10, 53 (dubl).
Fenerbahche — Slaviya 2:2
Gollar: Aydin 4, Grinvud 11 — Provod 15, Kachor 90.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi