Live
3
O'zbek

Makinroy Nadal haqida: «Axir, qanaqasiga?»

Tennis
20 oktabr, 13:54
Amerikalik sobiq tennischi Rafael faoliyatiga munosabat bildirdi.
Makinroy Nadal haqida: «Axir, qanaqasiga?»
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning yetti karra g‘olibi, amerikalik tennischi Jon Makenroyning fikricha, «Katta dubulg‘a»ning 22 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ispaniyalik Rafael Nadal ispan tennisini tubdan o‘zgartirib yuborgan.

«Ispaniya tennisi... Rafael Nadal hamma narsani o‘zgartirib yubordi: u kutilmaganda paydo bo‘ldi va ispan tennisini o‘zgartirib yubordi. Men unga qarab: «Bu qanday bo‘lishi mumkin?» deb o‘ylardim. Qo‘shma Shtatlarda biz uzoq vaqtdan beri «Katta dubulg‘a» turnirida g‘olib chiqmagan edik, Nadal esa bir o‘zi 22 marta bu ishni amalga oshira oldi», - dedi Makinroy La Revuelta radio shousiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nadal jamoasi Malyorkadagi tennischilar akademiyasining 10-yillik yubileyi sharafiga o‘tkazilgan ko‘rgazmali turnirda g‘olib chiqqan edi. Ispaniyalik jamoasi tarkibiga Karlos Moyya, Rishar Gaske va David Ferrer kirgan bo‘lsa, raqib britaniyalik Endi Marrey jamoasida Marat Safin, Fabio Fonini va Dominik Tim harakat qildi.

Bugungi yangiliklar