Live
2
O'zbek

Turkiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi

Futbol
20 oktabr, 13:02
    2
53 yoshli Sergen Yalchin milliy jamoa boshqaruvini qabul qilib oldi.
Turkiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi
Foto: Gettyimages

Ushbu yangilik Turkiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yalchin to‘rt yillik bitim imzolaydi. Mutaxassis avvalroq UYEFA Millatlar Ligasidagi to‘rt mag‘lubiyatdan so‘ng jamoani tark etgan Vinchenso Montellaning o‘rnini egalladi.

Yalchin «Beshiktosh» klubini tark etganidan buyon, ya’ni 2026-yil may oyidan beri ishsiz edi. Murabbiy faoliyati davomida «Antalyaspor», «Malatyaspor», «Alanyaspor», «Konyaspor» va Turkiyaning boshqa jamoalarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning navbatdagi o‘yinlari noyabr oyiga rejalashtirilgan. Yalchin shogirdlari Millatlar ligasi doirasida Belgiya hamda Fransiya milliy jamoalari bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar