Live
10
O'zbek

«Bavariya» futbolchisi: «Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun yetarli ish qildi»

Futbol
20 oktabr, 14:04
Yarimhimoyachi Serj Gnabri sovrin uning jamoadoshiga nasib qilishi kerak, deb hisoblamoqda.
«Bavariya» futbolchisi: «Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun yetarli ish qildi»
Foto: Gettyimages

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Serj Gnabri fikriga ko‘ra, «Oltin to‘p» uning klubdoshi, forvard Harri Keynga nasib qilishi kerak.

«Bu kurashda u yutib chiqsa, zo‘r ish bo‘lardi. U ajoyib yil o‘tkazdi. Nazarimda, Keyn sovrinni yutish uchun yetarlicha ish qila oldi», - deya germaniyalik futbolchi so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist va insayder Fabritsio Romano.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum 33 yoshli Keyn «Bavariya» safida 61 ta gol urdi va jamoasi Bundesligada, Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchishiga katta hissasini qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, forvard Angliya milliy jamoasi bilan AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan jahon chempionati–2026da uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar