Live
1
O'zbek

«Bavariya» Bundesligadagi rekordini yangiladi

Futbol
18 oktabr, 23:50
    5
Bungacha chempionat tarixida hech bir klub mavsum boshidagi dastlabki uchta uy o‘yinida 18 ta gol urmagandi.
«Bavariya» Bundesligadagi rekordini yangiladi
Foto: Getty Images

«Leyptsig»ni 6:1 hisobida mag‘lub etgan Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya chempionatida yangi rekord o‘rnatdi.

Qayd etish lozim, bungacha Bundesliga tarixida hech bir jamoa mavsum boshidagi dastlabki uchta uy uchrashuvida 18 ta gol urmagandi. «Bavariya» bungacha o‘z maydonida «Shtutgart»ni 5:1, Berlindagi «Union» klubini esa 7:0 hisobida mag‘lub etgandi. «Leyptsig»ga qarshi bahsdagi oltita gol bilan jamoaning uydagi dastlabki uch o‘yindagi natijasi 18 ta golga yetdi.

Keyingi turda myunxenliklar «Freyburg» bilan bahs olib boradi. Raqib o‘tgan turda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan bo‘lsa-da, yetakchilar uchligidan joy olgan. Uchrashuv 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar