Bugun
26
O'zbek

Keyn 1967-yilda qayd etilgan rekordni yangiladi

Futbol
19 oktabr, 02:35
Angliyalik hujumchi Bundesligadagi dastlabki 100 ta uchrashuvida 102 ta gol urdi.
Keyn 1967-yilda qayd etilgan rekordni yangiladi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Bundesligadagi 100-uchrashuvini «Leyptsig»ga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bellashuvda angliyalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu gol orqali Keyn Bundesligadagi dastlabki 100 ta o‘yinida 102 ta gol urishga erishdi. Bu natija mutlaq rekord hisoblanadi.

Shu tariqa, hujumchi 1967-yildan beri yangilanmay kelayotgan Fridxelm Konitskaning ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi. Sobiq futbolchi chempionatdagi dastlabki 100 ta uchrashuvida 72 ta gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, Fridxelm Konitska germaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy bo‘lib, tashqi ko‘rinishi sovet marshali Semyon Timoshenkoga o‘xshagani sababli «Timo» laqabini olgan. U Germaniya chempionatida Dortmundning «Borussiya» klubi va «Myunxen 1860» jamoalari safida 218 ta o‘yin o‘tkazib, 164 ta gol urgan.

Ma’lumot o‘rnida, myunxenliklar chempionat doirasida «Leyptsig»ni yirik 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Ayni paytda Vensan Kompani shogirdlari turnir jadvalida 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar