Live
2
O'zbek

Para Osiyo o‘yinlari. Valijonov va Mamarajabova kumush, Isomiddinova bronza medalga sazovor bo‘ldi

Boshqalar
19 oktabr, 08:10
O‘zbekistonlik para taekvondochilar ham medallar jamg‘arishmoqda.
Para Osiyo o‘yinlari. Valijonov va Mamarajabova kumush, Isomiddinova bronza medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Paralympic uz

Aichi-Nagoyada o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik para taekvondochilar ham medallar jamg‘arishmoqda.

Erkaklar o‘rtasidagi K44 klassining -58 kg vazn toifasida final bahsida Fayozbek Valijonov Xitoy Taypeyi vakili bilan kechgan bellashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.

Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Umida Mamarajabova ham kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda mo‘g‘ulistonlik raqibasiga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Umida Mamarajabova
Foto: Paralympic uz

-47 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Qizlarxon Isomiddinova esa bronza medali bilan kifoyalandi. U 3-o‘rin uchun yaponiyalik raqibiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Qizlarxon Isomiddinova
Foto: Paralympic uz
Bugungi yangiliklar