Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida Para Osiyo o‘yinlari start oldi.
Para velotrek bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 3 km masofaga yakka ta’qib poygasi finalida o‘zbekistonlik Bobur Toshtemirov koreyalik raqibini mag‘lub etib, 3:41.263 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi hamda Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Bu O‘zbekiston tarixida Para Osiyo o‘yinlarining para velosport bahslarida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal bo‘ldi. Shuningdek, Toshtemirov delegatsiyaga ushbu o‘yinlardagi birinchi medalni taqdim etdi.
Bobur Toshtemirov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni va rekordchisi
Boshqalar
19 oktabr, 05:25
7
O‘zbekiston turnirni oltin medal bilan boshladi.
Foto: Paralympic uz
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi